Nurobodning olis hududida zamonaviy poliklinika va sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatining chekka tumanlaridan biri — Nurobodda aholi farovonligi va sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga qaratilgan muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu saʼy-harakatlar natijasi oʻlaroq, tumanning Buloqboshi mahallasidan zamonaviy tarzda barpo etilgan “Sepki” oilaviy poliklinikasining yangi binosi aholi xizmatiga topshirildi.
“Tashabbusli byudjet” doirasida qurilgan ushbu tibbiyot muassasasi aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan poliklinika bir smenada 80 nafar bemorga xizmat koʻrsatish imkoniga ega boʻlib, Buloqboshi mahallasi hamda unga tutash hududlarda yashovchi 10 ming nafarga yaqin aholiga zarur tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi.
Mazkur muassasada ekologik barqarorlik va resurslardan oqilona foydalanishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, quyosh panellari oʻrnatilishi orqali poliklinika energiya samaradorligini taʼminlaydi.
Shuningdek, mahallada yoshlarni sogʻlom turmush tarziga jalb etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida barpo etilgan zamonaviy sport majmuasi ham ishga tushirildi.
“Tashabbusli byudjet” mablagʻlari hisobidan qurilgan ushbu sport inshootida ikkita mini-futbol maydoni, voleybol va basketbol zallari, vorkaut maydoni hamda turli sport turlari uchun moʻljallangan mashgʻulot maydonlari mavjud.
Yangi obyektlarning tantanali ochilish marosimida Nurobod tumani hokimi Muhammad Boʻronov, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Suxrob Zayniyev, mahalliy faollar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda, jumladan, chekka hududlarda ham hayot sifatini oshirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak bahoga loyiq ekanini taʼkidlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring