“Nurafshon”da koʻngillar shod boʻldi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon shahridagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yigʻinida “Qoʻshnichilik — ming yilchilik” shiori ostida xalqlar doʻstligi festivali oʻtkazildi.
Aytish joiz, bugungi kunda Qoʻqon shahrida 21 ta millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Millatlararo doʻstlik festivaliga mezbonlik qilgan “Nurafshon” mahallasida ham bugungi kunda oʻzbek, tatar, rus millatiga mansub aholi vakillari bir oila aʼzolaridek ahil-inoqlikda umrguzaronlik qilmoqda.

Festival doirasida turli millat vakillari koʻrgazmalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport bellashuvlari oʻtkazildi. Turon madaniyat markazi qoshidagi Yoshlar teatr-studiyasi ijodkorlari tomonidan “Bir oilamiz oʻzbekistonlik” nomli badiiy kompozitsiya namoyish etildi.
— Hayotbaxsh islohotlar jarayonida soʻnggi yillarda mazkur mahallada ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, — deydi Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov. — Mahalla ahlining koʻp yillik orzusi boʻlgan yangi maktab qurib bitkazildi. Firdavsiy, Mirishkor, Orzu koʻchalariga kanalizatsiya tarmogʻi tortildi. Shu bilan birga ichki koʻchalarga toʻliq asfalt yotkizildi.

Birgina oʻtgan yilning oʻzida “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida tadbirkorlikni rivojlantirish istagidagi mahalla aholisi uchun 1 milliard 200 million soʻm imtiyozli kredit ajratildi. 85 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirilib, 4 ta ehtiyojmand oilaning xonadoni taʼmirlab berildi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan mahalladagi kam taʼminlangan oilalar aʼzolariga sogʻligʻini tiklash uchun 27 million 600 ming soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring