Nukusdagi maktabda birinchi qoʻngʻiroq chalinib, yangi oʻquv yili boshlandi

12:03 02 Sentyabr 2025 Jamiyat
71 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orыnbayev Nukus shahridagi 7-sonli maktabda yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdi. Oʻqituvchi va oʻquvchilarni hamda ota-onalarni yurtimiz boʻylab keng nishonlangan mustaqilligimizning 34-yilligi bayrami, bugungi “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi soʻnggi yillarda barcha sohalar qatorida taʼlim sohasida ham olib borilayotgan islohotlar, yoshlarning chuqur bilim olishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida taʼkidlab oʻtdi. Ushbu maktab oʻquvchilari bilan uchrashib, ularga yangi oʻquv yilida yuksak marralar tiladi. Oʻqituvchilar bilan ham muloqot qilindi.

Tantanali tadbirda yangi oʻquv yilining boshlanishi ramziy belgisi hisoblangan birinchi qoʻngʻiroq chalindi.

Shundan soʻng oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda va ularga taʼlim berishda samarali mehnat qilayotgan bir qator ustoz-pedagoglarga Joʻqorgʻi Kengesning koʻkrak nishonlari taqdim etildi.

Tadbir davomida 1-sinfga qadam qoʻyayotgan oʻquvchilarga “Prezident sovgʻalari” tantanali ravishda topshirildi.

Gʻayrat OTAJONOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?