Nepalda “Z-avlod namoyishlari”dan soʻng ilk bor ayol kishi bosh vazir boʻldi

Nepalda ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi ortidan boshlangan ommaviy norozilik chiqishlari vaqtida nomzodi ilgari surilgan Sushila Karki mamlakat bosh vaziri boʻldi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 12-sentyabr kuni Prezident Ram Chandra Paudel Nepal Oliy sudining sobiq raisi 73 yoshli Sushila Karkini bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan. Karki juma kuni mamlakat hukumatining vaqtinchalik rahbari sifatida qasamyod qilgan va shu kundan boshlab lavozimga kirishgan.
Aytish joiz, Sushila Karki Nepal tarixida hukumatni boshqargan ilk ayol boʻldi. Uning vaqtincha faoliyati kelgusi saylovlargacha davom etishi kutilmoqda. Saylovlar 2026-yil mart oyida oʻtkazilishi mumkin.
Karki mamlakatda korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurashi bilan mashhur.
Maʼlumot uchun, Nepal hukumati 9-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Ushbu cheklov Facebook, Instagram va YouTube kabi 20 dan ortiq platformaga taalluqli edi. Taqiqning kiritilishi ommaviy noroziliklarga sabab boʻlib, odamlar halok boʻldi. Shundan soʻng bosh vazir Sharma Oli, ichki ishlar vaziri va yana ikki vazir isteʼfo berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar ochilganiga qaramay, namoyishlar toʻxtamadi. Asosan yoshlar ishtirok etgan noroziliklarda korrupsiyaga qarshi talablar va hukumat siyosatidan norozilik bildirildi. Mintaqaviy axborot agentliklari xabariga koʻra, namoyishchilar yetakchi partiyalar ofislari va ayrim siyosatchilar uylariga olov qoʻygan. Shuningdek, “Nepal kongressi” partiyasi idorasi hamda bir necha politsiya boʻlimlari yoqib yuborilgan.
“Z-avlod namoyishlari” deb atalgan bu harakatlar paytida kamida 51 kishi halok boʻldi, 1300 dan ortiq odam jarohat oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring