Nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida koʻpaymoqda?
Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:
Savol: Nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida koʻpaymoqda?
Javob: Karantin choralari yumshatilganidan soʻng koʻpchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qoʻydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qoʻyishdi.
Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi.
Savol: Yana karantin joriy qilinadimi?
Javob: Aslida karantin tadbirlari bekor qilingani YOʻQ!
Aholi orasida kasallanish surʼati shu tarzda oshib borsa karantin tadbirlari yana-da kuchaytirilishi mumkin.
Savol: Nega bizning respublikamizda kasallik yengil oʻtyapti? Qariyb 80% bemor kasallikdan tuzalayotganini sababi nimada?
Javob: Koronavirus infeksiyasi asosan 80% holatda yengil kechadi, 15% holatda oʻrta ogʻirlikda va faqat 3-5% holatda ogʻir, yaʼni nafas yetishmovchiligi bilan kechadi.
Kasallikga chalinganlarni erta aniqlash ishlarining yoʻlga qoʻyilganligi kasallik kechishida ijobiy natijalarga erishish imkonini beryapti.
Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali koʻplab oʻrganiladi. Shuning uchun aniq biror toʻxtamga kelishga hali erta.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring