“National Geographic” Oʻzbekistondagi sayyohlar uchun yaxshi mehmonxonalarni tavsiya qildi

15:59 13 Iyul 2023 Madaniyat
1037 0

AQSHning yirik “National Geographic” nashrida Oʻzbekistonga borgan sayyohlar tunab qolish uchun qulay va chiroyli mehmonxonalar roʻyxatini eʼlon qildi.

“Oʻzbekistonda qolish uchun eng yaxshi 7 ta joy” nomli maqolada Oʻzbekistondagi ”MIRZO Boutique HOTEL”, “Malika Hotel In Samarkand”, “Bahodir B&B Samarkand”, “Minzifa Inn Bukhara”, “Meros B& Khiva”, “Nuratau Homestays”, “Desert Yurt Camps” mehmonxonalari haqida yoritilgan.

Mehmonxonalarning joylashgan joyi, kelib chiqish tarixi, koʻrsatiladigan xizmat turlari, anʼanaviy oʻzbek uslubida bezatilgan dizayni, Aydarkoʻl koʻli, Qizilqum choʻli haqida etib oʻtilgan.

Maʼlumot uchun: “National Geographic” AQSH Milliy geografiya jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan badiiy boʻlmagan filmlarni namoyish etadigan Amerika televizion tarmogʻi hisoblanadi. Kanal hujjatli filmlarni efirga uzatadi, ularning asosiy mazmuni koʻpincha fan, tabiat, madaniyat, tarix va kashfiyotlar bilan bogʻliq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер