Mozori-Sharifda “Hunarmand” uyushmasining savdo uyi ochildi

18:57 18 Yanvar 2021 Madaniyat
910 0

Kecha Mozori-Sharif shahridagi (Afgʻoniston) «Markete Mutahed» savdo markazida “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi “Craft and Art” kompaniyasining “Oʻzbek-afgʻon hunarmandlari savdo doʻkoni” savdo uyining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbirda Oʻzbekistonning Mozori-Sharifdagi konsulxonasi vakillari, Balx viloyati maʼmuriyati vakili Farxang Farxang, viloyat savdo-sanoat palatasi mutasaddilari Arash Yunusiy va Hoji Yasin Akbariy, tadbirkor ayollar palatasi raisi Shekiba Shekib ishtirok etdi.

Marosimning rasmiy qismidan soʻng, “Craft and Art” kompaniyasi direktori Zafarbek Akbarov Oʻzbekiston hunarmandchilik, badiiy hunarmandchilik va amaliy sanʼat namunalari haqida batafsil maʼlumot berdi. Oʻzbek milliy hunarmandchilik maktabi tarixi va bugungi rivojlanish istiqbollari haqidagi fikrlar afgʻonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil yoz faslida Afina shahrida (Gretsiya) ham Oʻzbek hunarmandlari savdo uyi ochilgan edi. Bundan tashqari, oʻtgan yil sentyabr oyida Nyu-York (AQSH)da “Turon Trade House” savdo uyi oʻz ishini boshladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер