Moskvada politsiya avtomobili portlatildi. Qurbonlar bor
Moskvadagi Savyolovskiy temir yoʻl stansiyasi yaqinida nomaʼlum shaxs politsiya mashinasini portlatdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Portlash poytaxt markazidagi Savyolovskiy temir yoʻl stansiyasi yaqinida yarim tunda sodir boʻlgan. Unda nomaʼlum shaxs politsiya xodimlari boʻlgan patrul mashinasiga yaqinlashib, portlovchi moslamani ishga tushirgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur portlash oqibatida ikki kishi halok boʻlgan. Surishtiruvlar davomida halok boʻlgan shaxslardan biri politsiyachi, ikkinchisi esa ushbu portlashni uyushtirgan nomaʼlum shaxs ekani maʼlum boʻlgan.
Rossiya ichki ishlar vazirligi taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida yana ikki nafar politsiya xodimi turli darajadagi tan-jarohatlari olib, shifoxonaga joylashtirilgan. Rossiya tergov qoʻmitasi terroristik hujum boʻyicha tergov ishlari boshlaganini eʼlon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring