Misrdan gepatitga qarshi dorilarning joriy yildagi toʻrtinchi partiyasi keltirildi

14:43 13 Fevral 2024 Jamiyat
246 0

Joriy yilning 10-fevral kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining joriy yildagi toʻrtinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi.

Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollari boʻlgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitini daʼvolash uchun “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, V gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining begʻaraz koʻmak yordami sifatida Oʻzbekistonga taqdim etilishi yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?