Misr terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekistonga nechta ochko taqdim etdi?
Kecha, 14-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Al Ain Cup” turniri doirasida Misr terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida munosib g‘alabaga erishdi.
Mazkur g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga FIFA reytingida 5,7 ball olib keldi. Buning sababi — Misr terma jamoasining “oq bo‘rilar”dan reytingda 23 pog‘ona yuqorida joylashganidir.
Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA reytingidagi umumiy ochkolari 1458,04 taga yetdi. Bu natija Fabio Cannavaro boshchiligidagi jamoaga reytingning onlayn jadvalida Kamerun va Mali terma jamoalarini ortda qoldirish imkonini berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi keyingi uchrashuvini 18-noyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahsda qo‘lga kiritiladigan g‘alaba “oq bo‘rilar”ga qo‘shimcha 6,5 ball taqdim etishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring