Metan gaz narxi boʻyicha Toshkent shahrida ahvol qanday?

Arxiv foto
Oʻzbekiston isteʼmolchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va OʻzAning joylardagi vakillari birgalikda hududlardagi gaz quyish shoxobchalarida metan gazni narxini oʻrganmoqda.
Hozirga qadar Navoiy, Namangan, Buxoro, Xorazm, Fargʻona viloyatlarida avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalarida 1 kub gazning sotilish narxi toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishdingiz.
Guruh aʼzolari ayni vaqtda Toshkent shahridagi narx-navoni oʻrganishmoqda.
Uchtepa tumanidagi “NAC Absolute“, “Power Avto Gas“, “Buyuk Boriy Valiy“ – 2200, Yunusobod tumanidagi “NAC Absolute“, “Aleks Plyus Biznes“, “Yunus-Abad Metan Servis“, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Capital Gas Plyus“, “Qibray metan“, Cergeli tumanidagi “Oʻzgarish gaz trans 2“, “Avtoyoqilgʻi savdo“, “RAMIRES GAZ SERVISE“, “Progress gaz petrolium“, “Namtosh Metangaz“, “Tashkentskiy trubnыy zavod“, “Speskomplekttorg“, “Goʻsht sut taʼminot“, Delta Biznes“, Bektemir tumanidagi “Gold Gaz Servis“, BEKTEMIR-METAN“, Olmazor tumanidagi “Avaton Gaz Avto“, “Chashka servis“, Hamza tumanidagi “Inter Mobil gaz“, Chilonzor tumanidagi “Gaz Invest Project“, Shayxontohur tumanidagi “Marhamkorbek“, Yashnobod tumanidagi “Gaz toʻldirish servis“, Yakkasaroy tumanidagi “Turon toʻyona“ kabi avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalarida gazning bir kubi 2 ming 200 soʻmdan sotilmoqda.
Guruh aʼzolari faqatgina Mirobod tumanidagi “Mirobod metan“da narxlar 2 ming 100 soʻm ekanini aniqladi.
Navbatdagi reydimiz Jizzax viloyatidagi gaz quyish shoxobchalari misolida davom etadi.
Unda viloyatdagi qaysi shoxobchalarda narxlar oʻzboshimchalik bilan koʻtarilganini aniqlashtiramiz.
Eslatib oʻtamiz, oʻzboshimchalik bilan narxlarni oshirgan gaz quyish shoxobchalariga Moliya vazirligiga sanksiya qoʻllashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring