Mening uyimda ham sopol yoʻq – Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan haftada boʻlgan Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Rishton tumanida qurilgan Xalqaro kulolchilik markazini ham borib koʻrgan edi.
Prezident taniqli kulollar Muzaffar Saidov va Sharofiddin Yusupov xonadoniga kirib, ular bilan samimiy suhbatlashgan.
“Maxsus rakurs” dasturiga koʻra, davlat rahbari kulollar bilan hunarmandchilik buyumlarini ommalashtirish xususida gaplashgan.
«Shunaqa boʻlib qoldi, ikkita general kelishgandi, men aytdim “Hoy birodarlar, ikkita tovoqqa pullaring yoʻqmi sizlarni?” Shuni olib uylaringga qoʻysalaring-chi. Tirikchiligim bor, men xohlamayman chet davlatga shuni ketishini, shu yerda qolsin», deydi kulol Sharofiddin Yusupov.
Prezident kulolga yuzlanarkan «Ana, meni niyatim shu-da. Meni uyimda ham yoʻq bu sopol. Hayotimizga, roʻzgʻorimizga kirgiza olmadik» dedi.
Sharofiddin kulol Prezidentga esdalik uchun feruza sirli katta laganni sovgʻa qilgan.
“Xudo xohlasa buni uyga qoʻyib qoʻyaman”, deya Prezident sovgʻani qabul qilib olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring