Mediatsiya instituti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va sud amaliyoti

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida “Mediatsiya instituti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va sud amaliyoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari M.Xo‘jayeva, Senat a’zosi M.Qodirxonova, Oliy sudi raisi o‘rinbosari Sh.Polvonov, sudyalar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Qozog‘iston kabi mamlakatlarning yuqori malakali sudyalari, mediatorlar, huquqshunos olimlar va tahlilchilar faol ishtirok etishdi.
Anjumanda xorijiy ekspertlar oilaviy nizolarda mediatsiyaning afzalliklari, tijorat nizolarida majburiy mediatsiyaning samaradorligi, nizolarni muqobil hal qilishning huquqiy asoslari, iqtisodiy nizolarni hal etishdagi mediatsiyaning o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Anjuman davomida savol-javoblar va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Qatnashchilar tomonidan mediatsiyani rivojlantirish bo‘yicha samarali ilmiy-amaliy tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, xalqaro tajriba va milliy amaliyotni uyg‘unlashtirish orqali sud tizimida yuzaga keladigan yuklamani kamaytirish, jamiyatda murosaga tayyorlik ruhini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring