Markaziy himoyachilar orasida Abduqodir Husanovga yetadigani yoʻq — Xalqaro sport tadqiqotlari markazi

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) turli pozitsiyalarda oʻynovchi 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida tadqiqot oʻtkazib, eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzdi. Bu haqida CIES matbuot xizmati xabar berdi.
Tashkilot vakillari eng yaxshilarni “Wyscout” maʼlumotlari asosida tanlab olishgan. Eʼtiborlisi, oʻzbekistonlik Abduqodir Husanov oʻz pozitsiyasida dunyoda tengsiz deya eʼtirof etildi.
“Lans” futbolchisi 100 ballik tizimda 81,8 ballni qoʻlga kiritgan.
Ikkinchi pogʻonani 81,7 ball bilan “Fiorentina” aʼzosi Pyetro Komusso egallagan boʻlsa, Belgiyaning “Genk” klubi himoyachisi Matte Smets 79,2 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 23-dekabr kuni Abduqodir Husanov Oʻzbekistonning eng yaxshi yosh sportchisi deya eʼtirof etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring