Maqbaradagi Brayl yozuvi oyna bilan toʻsib qoʻyilgani yuzasidan munosabat berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak tumanida joylashgan Shayx Jalil bobo maqbarasiga oʻrnatilgan koʻzi ojizlarga moʻljallangan Brayl alifbosidagi lavhaning oyna bilan toʻsib qoʻyilgani toʻgʻrisidagi xabarlarga Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.
Unga koʻra, maqbaradagi mazkur yozuv ustiga oʻrnatilgan oyna yomgʻir suvi va ertalabki namgarchilikdan asrash maqsadida vaqtincha qoʻyilgan boʻlgan.
“Madaniy meros agentligining hududiy boshqarma xodimlari tomonidan Brayl alifbosidagi maʼlumotlarning yuzasidan himoya oynasi olib tashlandi va namgarchilikdan himoyalangan hududga oʻrnatildi”, deyiladi munosabatda.
Taʼkidlash joiz, Shayx Jalil bobo obidasi 2004-yil qayta qurilgan boʻlib, hozirda mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan tashrif buyuriladigan turizm obyekti hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring