«Manchester Yunayted» Ronalduning oʻrnini nomzod topib qoʻydi
Foto: Reuters
Germaniyaning «Bayer» klubi hujumchisi Patrik Shik faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Mirror” nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, agar Ronaldu ketsa, «Manchester Yunayted» rahbariyati chexiyalik hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Patrik Shik joriy mavsum Germaniya chempionatida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. “Transfermarkt” maʼlumotlariga koʻra, Patrik Shik transfer qiymati 50 mln yevroga teng.
Eslatib oʻtamiz, Ronaldu APLning 12-turi doirasida Londonda «Tottenxem»ga qarshi oʻyinda final hushtagi yangramasdan «Old Trafford» stadionini tark etgani uchun asosiy jamoa bilan mashgʻulotlardan chetlashtirilgan edi. Jamoadoshlari gʻalabani nishonlashayotganda u kiyinish xonasida boʻlmagan.
Shuningdek, Ronaldu Angliya chempionatining 13-turida Londonning “Chelsi” jamoasiga qarshi oʻyinda «Manchester Yunayted» tarkibiga kiritilmagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring