“Manchester Siti”ning magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi
Kecha, 26-oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 9-turidan oʻrin olgan oʻyinlar yakunga yetdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi Birmingem shahrida “Aston Villa” mehmoni boʻldi.
Uchrashuvda maydon egalari 1:0 hisobi bilan gʻalaba qozondi. Uchrashuvda kiritilgan yagona golga 19-daqiqada Matti Kesh mualliflik qildi. Shu tariqa “shaharliklar”ning 9 ta oʻyin davom etgan magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov jarohati tufayli ushbu oʻyin qaydnomasidan oʻrin olmadi. Futbolchi keyingi turdan maydonga qaytishi kutilmoqda.
“Sofascore” portali oʻyindan soʻng, gol muallifi Matti Keshni oʻyin qahramoni deb topdi. Uning harakatlari portal tomonidan 8,4 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Manchester Siti” keyingi oʻyinini Angliya Liga kubogida 30-oktyabr kuni “Svonsi Siti” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring