“Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi 

12:39 18 Noyabr 2021 Jamiyat
1338 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Joriy yilning 17 noyabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi majlislar zalida “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishonining topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda eng munosib ko‘rilgan 62 nafar nomzodga “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Ushbu tadbirda mamlakatimizda maʼnaviyat-maʼrifat sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar, ziyolilar va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etishdi.

Aytib o‘tish joizki, 2019 yil 3 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorida jamiyatda yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishdagi samarali mehnati va ibratli faoliyati, yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalashdagi xizmati uchun davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga topshiriladigan «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishonini taʼsis etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bugungi kunga qadar fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan 65 nafar inson mazkur mukofot bilan taqdirlangan.

Shahnoza Xoliqova

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер