Malayziyada toshqinlar sababli 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
Malayziyada kuchli toshqinlar oqibatida qariyb 11 ming kishi vaqtinchalik joylashtirish markazlariga koʻchirilgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Eng koʻp zarar koʻrgan hudud Kelantan shtati boʻlib, bu yerda 8 248 kishi evakuatsiya qilingan. Shuningdek:
Perak — 900 kishi,
Perlis — 811 kishi,
Kedah — 388 kishi evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.
Mahalliy hokimiyatlar jabrlanganlar uchun kamida 65 ta vaqtinchalik evakuatsiya markazi tashkil etgan.
Taʼkidlash joizki, oʻtgan yili Malayziyada yuz bergan toshqinlar oqibatida yetgan zarar miqdori 933,4 million ringgitni (225 million dollar) tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring