Malayziyada “Sirdaryoda biznes qiling” biznes-forumi oʻtkazildi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi ishtirokida “Sirdaryoda biznes qiling” mavzusida biznes-forum hamda qator amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Tadbir doirasida Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan korxonalar va Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari oʻrtasida samarali B2B formatdagi uchrashuvlar oʻtkazildi. Ularda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, delegatsiya Powerjog (M) Sdn Bhd, Jubi Sdn Bhd, ASOCIO, Malaysia Contact Centre Association, Sity Marine, Bionexus, Riyyalcomm va EPS Consulting kabi nufuzli kompaniyalar bilan sanoat, qurilish, raqamli texnologiyalar va agrosanoat sohalarida qoʻshma loyihalar yuzasidan G2B formatda muloqotlar oʻtkazdi. Shuningdek, Basisbay data markazida raqamli infratuzilma va zamonaviy axborot texnologiyalari xizmatlari sohasidagi ilgʻor yechimlar bilan yaqindan tanishildi.

Safar davomida Weststar Group rahbariyati bilan ham uchrashuv va ishbilarmonlik muzokaralari oʻtkazilib, kelgusida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Eslatib oʻtish joiz, Sirdaryo viloyati delegatsiyasi mazkur xizmat safari doirasida avvalroq Koreya Respublikasi va Yaponiyada ham boʻlib, oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muzokaralar oʻtkazgan hamda muhim kelishuvlarga erishgan edi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Qahva hazm jarayonini tezlashtiradimi? Mutaxassis javob berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring