Maktab oʻquvchisi “Aqlli issiqxona” loyihasini ishlab chiqdi

Uchqoʻrgʻon tumanidagi 25-umumtaʼlim maktabi 11-sinf oʻquvchisi Diyorbek Qoʻqonboyevning aniq fanlar, ayniqsa, fizikaga qiziqishi baland. Uning ayni yoʻnalishdagi izlanishlari mahsuli — yangi qurilma qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yil davomida yetishtirishning zamonaviy usuli boʻlgan issiqxonaning yanada takomillashgan nusxasini taqdim etadi.
— Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarida “aqlli issiqxona” texnologiyalari keng qoʻllanilmoqda. Ilmiy tadqiqotlarga koʻra, tomchilatib sugʻorish, avtomatlashtirilgan harorat va namlik nazorati, shuningdek, seleksiya asosidagi hosildor navlardan foydalanish orqali pirovard natijani 2–3 barobar oshirish mumkin, — deydi iqtidorli oʻquvchi.
Diyorbekning qurilmasi ham aynan shu tamoyillarga tayangan boʻlib, unda tomchilab sugʻorish va oʻgʻit integratsiyasi asosida masofadan boshqarish tizimi joriy etilgan. Amaliy sinovlarda ushbu moslama kichik hajmda boʻlsa-da, 15 kilogrammgacha hosil yetishtirish imkonini bergani eʼtiborga molik.
Yosh muhandis oʻz qurilmasida “Kross F1” navli pomidor urugʻini ekib, yiliga ikki marotaba hosil olishga muvaffaq boʻldi. Hozirda u tumandagi tomat ishlab chiqaruvchi korxona bilan shartnoma asosida bir sotix maydonga pomidor ekib, 1,5 tonna hosil olish imkoniyatini sinab koʻrmoqchi.
Oʻquvchining loyihasi qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va resurslarni tejashga xizmat qilib, mahalliy sharoitga moslashtirilgan, iqtisodiy jihatdan tejamkor hamda kelajakda keng joriy etilishi mumkin boʻlgan texnologiya sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh iqtidor egasi innovatsion “Aqlli issiqxona”sini yaqin vaqt ichida patentlashtirish harakatida.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring