Tramp: Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi mojaroni hal etishga qodirman
AQSH prezidenti Donald Tramp Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi harbiy mojaroni hal etishga qodir ekanini bildirdi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
“Men eshitdim — hozir Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasida urush ketmoqda. Hozir men yana bir urushni toʻxtatish bilan shugʻullanyapman, chunki men mojarolarni hal etish boʻyicha yaxshi tajribaga egaman”, — dedi Amerika yetakchisi jurnalistlar savollariga javob berganda.
Respublikachi Tramp oʻz soʻzlariga koʻra, bugunga qadar “millionlab odamlarning hayotini saqlab qolganini” taʼkidladi. Uning aytishicha, bunga u Nobel mukofoti uchun emas, balki insonlar hayotini asrash maqsadida harakat qilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta oxirida xorij ommaviy axborot vositalari Afgʻoniston va Pokiston chegarasida qurolli toʻqnashuvlar boʻlganini xabar qilgan edi.
Pokiston armiyasi Afgʻonistonning 200 nafar harbiysi yoʻq qilinganini maʼlum qilgan boʻlsa, Afgʻoniston hukumati tunda oʻtkazilgan chegara operatsiyasida 58 nafar pokistonlik askar halok boʻlganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring