Makronga fransuzlar ishonmay qoʻydi

Foto: AP
Fransiya fuqarolarining prezident Emmanuel Makronga boʻlgan ishonch reytingi 2017-yildan beri eng past darajaga yetdi va 15 foizni tashkil etdi. Bu haqda “Figaro” gazetasi oʻz soʻrovi maʼlumotlariga tayanib xabar tarqatdi.
“U (Makron – tahr.) uchun noqulay siyosiy vaziyat sharoitida uning ishonch reytingi 2017-yildan beri eng past darajaga yetdi: fransuzlarning atigi 15 foizi unga ishonadi”, — deb yozadi gazeta.
Fransiya Bosh vaziri Fransua Bayru ham xuddi shunday vaziyatda. Uning ishonch reytingi atigi 14 foizni tashkil etdi. Fransiya fuqarolarining 82 foizi amaldagi hukumat rahbariga ishonmaydi.
“Figaro” ishonchi ortganini qayd etgan yagona fransuz siyosatchisi oʻng qanot muxolifat partiyasi “Milliy ittifoq” raisi Jordan Bardella boʻlib, u gazeta tuzgan reytingda birinchi oʻrinni egalladi.
Onlayn soʻrovnoma “Figaro” tomonidan 2025-yil 31-avgustdan 2-sentyabrgacha Fransiyaning 1000 nafar voyaga yetgan fuqarolari oʻrtasida oʻtkazildi. Soʻrovning statistik namunasi jinsi, yoshi, kasbiy faoliyati va mintaqaga mansubligi boʻyicha kvota usulida taqdim etildi.
“Figaro” gazetasining soʻrovi Fransiyadagi hukumat inqirozi va 10-sentyabr kuni mamlakat parlamentida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Bayru hukumatiga ishonch votumi fonida oʻtkazildi. Mamlakatning yetakchi muxolif kuchlari vakillari bosh vazirga qarshi ovoz berishlarini bir necha bor taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring