May oyida 94,8 mlrd soʻmlik energiya resurslari oʻgʻirlandi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
May oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 94,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, inspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari ishtirokida soʻngi bir oyda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 229 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Hisob-kitoblarga koʻra, 35,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (57,9 mlrd soʻm) va 13,2 mln metr kub tabiiy gaz (36,9 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida jami 94 milliard 887 million soʻm zarar qayta hisoblangan.
Shuningdek, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 448 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.
Taʼkidlanishicha, qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring