Madaniy meros reklamaga muhtoj emas
Madaniy meros obyektlarida tashqi reklama joylashtirish “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan qatʼiy taqiqlanib, ushbu obyektlar va ularning yondosh hududlari reklamadan holi etib belgilangan.
Biroq, joylarda mazkur qonun talabini qoʻpol ravishda buzish holatlari kuzatilmoqda.
Prokuratura idoralari tomonidan mutasaddi idoralar birgalikda 5 ta qadimiy shaharda joylashgan 1000 dan ortiq madaniy meros obyektida reklama va axborot koʻrsatgichlari oʻrnatilishi qonuniyligi oʻrganildi.
Unda qonunchilik talablariga zid ravishda 72 ta obyektlarga 121 ta reklama oʻrnatilgani aniqlangan.
Jumladan, Buxoroda 27 ta madaniy meros obyektida 50 ta, Samarqandda 25 ta obyektda 45 ta, Toshkent shahrida 18 ta obyektda 24 ta, Xivada 2 ta obyektda 2 ta reklama banneri oʻrnatilgan.
Xususan, Buxoro shahrida joylashgan noyob arxitektura yodgorligi toifasiga kiruvchi XIX asrga oid “Ibrohim Oxund” madrasasida 6x3 oʻlchamdagi “goʻzallik saloni” reklama banneri oʻrnatilib, obyektning tarixiy koʻrinishi toʻliq yopib qoʻyilgan.
Yoki, poytaxtdagi XX asrga oid “Bahor” restorani binosida 7x9 oʻlchamdagi “bilyard va restoran” reklama banneri oʻrnatilib, bino tarixiy koʻrinishi koʻrimsiz holatga keltirilgan.
Oʻrganishlar davomida 53 ta obyektda noqonuniy oʻrnatilgan 99 ta reklama bannerlari olib tashlanishi taʼminlanib, madaniy meros obyektlari koʻrinishi asl holatiga qaytarildi.
Shuningdek, 19 ta obyektda noqonuniy oʻrnatilgan 22 ta reklama bannerini olib tashlash yuzasidan mutasaddi shaxslarga yozma koʻrsatmalar berildi.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring