Luvr muzeyini oʻgʻirlashda gumon qilingan ikki nafar shaxs hibsga olindi
Fransiya politsiyasi Luvr muzeyini oʻgʻirlashda ishtirok etganlikda gumon qilingan ikki kishini hibsga oldi. Bu haqida “Bild” nashri maʼlum qildi.
Nashrning xabar berishicha, gumondorlardan biri Parijdagi “Sharl de Goll” aeroportida Jazoirga uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan paytda hibsga olingan. Ikkinchi hibsga olingan shaxs haqida aniq maʼlumot berilmagan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hibsga olingan ikkala shaxs ham Parij shahri chekkasida yashaydi va oʻgʻirlik uchun masʼul boʻlgan toʻdaning aʼzolari ekani taxmin qilinmoqda.
Maʼlumki, Luvr muzeyidagi talonchilik oʻtgan haftada sodir boʻlgan hamda ushbu oʻgʻrilik oqibatida “Apollo” galereyasidan qiymati taxminan 88 million yevroga teng sakkizta qirollik zargarlik buyumlari oʻgʻirlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring