“Liverpul”ning gʻalabasiz seriyasi tugadi, “London derbisi”da “Chelsi” zafar quchdi
Kecha, 1-noyabr kuni Angliya Premyer-ligasi musobaqasining 8-tur oʻyinlari start oldi. Tur doirasida bir qator qiziqarli oʻyinlar boʻlib oʻtdi.
Yetakchidan yirik gʻalaba
“Arsenal”ning barcha musobaqalarda ishi besh ketmoqda. Jamoa soʻnggi oʻyinida “Brayton” klubini magʻlub etish orqali Angliya Liga kubogining chorak finaliga yoʻl olgan holda ushbu oʻyinga yetib keldi.
Yil boshida bu yil APL gʻolibligi uchun “Liverpul” va “Arsenal” jamoalari asosiy daʼvogar sifatida eʼtirof etilgan edi. Bu jamoalarning oʻzaro oʻyinida omad “mersisaydliklar”ga kulib boqdi. Ammo, soʻnggi oʻyinlarda “Liverpul”ning qator magʻlubiyatlari ligada jamoalar oʻrtasidagi tafovutni yetarli darajada kattalashtirib yubordi. Ayni paytda “Arsenal” klubi “Liverpul”dan naqd 7 ochkoga oldinlab ketishni uddaladi.
10-turda “toʻpchilar” Byornli shahrida, shu nom bilan ataladigan jamoaga qarshi saf tortishdi. Ushbu oʻyinda jarohat sabab jamoaga Gabriel Martinelli, Martin Edegor, Gabriel Jezus, Noni Madueke va Kay Xavers yordam bera olmadilar. Biroq bu Mikel Arteta jamoasining gʻalaba qozonishiga toʻsqinlik qilmadi.
Oʻyinda hisob 14-daqiqada Viktor Gyokeresh tomonidan ochildi. 35-daqiqada Trossardning uzatmasidan soʻng Deklan Rays hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Uchrashuv aynan shu hisobda yakunlandi.
“Arsenal” 2025/26-yilgi mavsumda burchakdan kiritilgan 8 ta gol bilan Angliya Premyer-ligasi tarixida dastlabki 10 oʻyinda burchak toʻpidan eng koʻp gol urgan jamoaga aylandi.
“Byornli”ga qarshi oʻyinda Deklan Raysning uzatmasidan soʻng Viktor Gyokeresh “Arsenal”ning burchakdan kiritilgan 8-golini urdi.
Shuningdek, 7 oʻyindan beri “Arsenal”ga hech kim gol ura olmayapti. Hozircha Yevropaning hech qaysi jamoasi bunday natija qayd eta olganicha yoʻq.
“Byornli” – “Arsenal” 0:2
Gollar: Gyokeresh 14, Rays 35
“Byornli” – Dubravka, Uolker, Lyorente, Tuanzebe, Estev, Xartman, Florentino, Kallen (Edvards, 83), Ugokuxu (Larsen, 62), Entoni, Flemming.
“Arsenal” – Rayya, Timber, Kalafiori, Saliba, Gabriel, Rays, Subimendi (Norgard, 77), Eze (Nvaneri, 72), Saka, Trossard (Lyuis-Skelli, 90+1), Gyokeresh (Merino, 46).
“Manchester Yunayted”ning gʻalabali seriyasi tugadi
Qator-asosa 3 ta oʻyinda “Sanderlend”, “Liverpul” va “Brayton”ni magʻlub etgan “Manchester Yunayted” turnir jadvalida ham kuchli yettitalikka kirishni uddaladi. 10-turda “Nottinghem Forest”ni magʻlub etish uni 2-oʻringa olib chiqishi mumkin edi. Ammo Amorim shogirdlari bu gal gʻalaba qozona olishmadi.
“Nottinghem Forest”da esa ishlar chappasiga ketgan, jamoa qatorasiga 4 ta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan edi. Ammo bu gal turnir jadvalida 18-oʻrinni egallab turgan klub ochko ishlab olishga kuchi yetdi.
Shu kuni “Manchester Yunayted”da jarohat sabab birorta yetakchi futbolchining safdan chiqishi holati uchramadi. Qayta, autsayder “Nottinghem Forest” tarkibida Ola Aina, Oleksandr Zinchenko, Kris Vud kabi yetakchi futbolchilar maydonga tusha olishmadi.
Uchrashuvda hisob 34-daqiqada mehmonlar tomonidan ochildi. Brunoning ajoyib uzatmasidan soʻng Kazemiro mavsumdagi uchinchi golini kiritdi va oʻyin yakunida “uchrashuv qahramoni” sifatida eʼtirof etildi. Birinchi taym 0:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimni mezbonlar faol boshladi. 48-daqiqada Morgan Gibbs-Uayt hisobni tenglashtirgan boʻlsa, 50-daqiqada Nikolo Savona “Nottinghem Forest”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
81-daqiqada Amad Diallo hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa oʻyin 2:2 koʻrinishida yakunlandi.
“Nottinghem Forest” – “Manchester Yunayted” 2:2
Gollar: Gibbs-Uayt 48, Savona 50 – Kazemiro 34, Diallo 81
“Nottinghem Forest” – Sels, Uilyams, Murilyo, Milenkovich, Savona, Anderson, Luis (Yeyts, 14), Ndoe, Gibbs-Uayt, Xadson-Odoi (Sangar, 90+2), Jezus.
“Manchester Yunayted” – Lammens, Dalot (Dorgu, 68), Yorro (Mazraui, 77), De Ligt, Shou, Kazemiro, Fernandesh, Amad, Kunya, Mbeumo, Sheshko.
Ogohlantirishlar: Ndoe 62 – Mazraui 85.
“Liverpul”ning gʻalabasiz seriyasi tugadi
Mavsum boshida chempionlik uchun asosiy favorit sifatida eʼtirof etilgan “Liverpul” jamoasi Liverpul shahri derbisida “Everton”ni magʻlub etganidan beri faqat magʻlubiyatga uchradi. Jamoa soʻnggi turlarda Angliya Liga Kubogi musobaqasidan chiqib ketishidan tashqari, APL doirasida “Kristal Pelas”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Brentford” kabi jamoalarga yutqazdi.
Bu turga kelib esa “mersisaydliklar” nihoyat gʻalabaga erishdi. Arne Slot boshchiligidagi jamoa bu turda “Aston Villa”ni magʻlub etdi.
Uchrashuvda hisob birinchi boʻlim yakunida Muhammad Saloh tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimda ham muxlislar 1 ta golga guvoh boʻlishdi. 58-daqiqada Aleksis Mak Allisterning uzatmasidan soʻng, Rayan Gravenberh hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Shu tariqa oʻyin 2:0 hisobida oʻz yakuniga yetdi.
“Liverpul” – “Aston Villa” 2:0
Gollar: Saloh 45+1, Gravenberh 58
“Liverpul”: Mamaradashvili, Van Deyk, Konate, Robertson, Gravenberh, Soboslai, Mak Allister, Saloh, Bredli, Gakpo, Ekitike (Virts, 77).
“Aston Villa”: Martines, Kesh, Konsa, Torres (Mings, 75), Din (Maatsen, 75), Kamara, Onana, Makginn (Barkli, 59), Evann (Malen, 59), Rojers, Uotkins (Sancho, 75).
“London derbisi”da “Chelsi” ustun keldi
Turning markaziy oʻyini London shahrida joylashgan “Tottenhem Xotspur” stadionida boʻlib oʻtdi. Unda maydon egalari oʻz hamshahari “Chelsi”ni qabul qildi.
Uchrashuv mehmonlarning toʻliq ustunligi ostida oʻtdi. Oʻyin davomida 8 ta seyv amalga oshirgan “Tottenhem” darvozaboni Vikario bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Oʻyin oldidan har ikki jamoada jiddiy yoʻqotishlar bor edi. Ammo bu bahsda “Tottenhem”ga “zaxirasi tor” ekanligi katta muammo keltirdi.
Oʻyinda kiritilgan yagona golga 34-daqiqada Pedro Joao mualliflik qildi. Shu tariqa bahs 0:1 hisobi bilan “aristokratlar” gʻalabasi bilan yakunlandi.
“Tottenhem” – “Chelsi” 0:1
Gol: Joao Pedro 34
“Tottenhem”: Vikario, Porro, Danso (Romero, 60), van de Ven, Spens, Paliniya, Sarr, Kudus, Bentankur (Risharlison, 60), Bergvall (Simons, 70; Odobert, 73), Kolo Muani (Jonson, 73).
“Chelsi”: Sanches, Jeyms, Fofana, Chaloba, Kukurelya, Gusto (Laviya, 76), Kaysedo, Netu (Estevao, 85), Fernandes.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring