Lionel Messi faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin

Foto: AFP
Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola AQSHning “Inter Mayami” klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messini oʻz jamoasida koʻrmoqchi. Bu haqda “Tuttosport” xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, murabbiy oʻz jamoasi oʻyinini yaxshilash maqsadida Messini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Agar futbolchining oʻzi xohlasa, AQSH klubi Messini Angliyaga qoʻyib yuborishga tayyor.
Ayni paytda “Manchester Siti” 27 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi oʻrinda bormoqda.
Messi 2023-yilning yozida MLSning “Inter Mayami” klubiga oʻtgandi. Oʻtgan yilning 20-avgust kuni argentinalik futbolchi Amerikadagi ilk sovrin – Liga kubogini qoʻlga kiritdi.
2022-yilning dekabrida Messi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring