Krishtianu Ronalduning kumirlari kimlar ekanini bilasizmi?

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futboldagi kumirlari kim ekanini ochiqladi. Mashhur futbolchi oʻzining bolalik yillarida kimlarning oʻyinlarini kuzatgani va ulardan qanday ilhomlanganini aytib oʻtdi.
Ronaldu braziliyalik afsonaviy futbolchilar – Ronaldo Nazario va Ronaldinyoning oʻyinlaridan hayratlanganini bildirdi. “Ular futbolda katta iz qoldirishgan. Men ulardan koʻra koʻproq individual sovrinlarni qoʻlga kiritgan boʻlishim mumkin, lekin ular Jahon chempioni boʻlishgan. Ularning oʻyinlarini tomosha qilib ulgʻayganman va ular mening kumirlarim. Kim yaxshiroq ekanligi muhim emas, eng muhimi – ularning futbol tarixiga qoʻshgan hissasi”, – deydi Ronaldu.
Ronaldu zamonaviy futbolning eng buyuk oʻyinchilaridan biri sifatida tarixga kirgan boʻlsa-da, u ham bolaligida katta futbol yulduzlariga havas bilan qaraganini yashirmaydi. Uning taʼkidlashicha, braziliyalik afsonalar nafaqat oʻz avlodiga, balki keyingi avlod futbolchilariga ham katta ilhom baxsh etgan.
40 yoshli portugaliyalik futbolchi professional faoliyati davomida 925 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. U faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, “Yuventus” va “An-Nassr” kabi jamoalarda toʻp tepdi va koʻplab yutuqlarga erishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring