Koronavirus infeksiyasini eng tez aniqlaydigan test yaratildi

Illyustrativ surat
Rossiya poytaxti Moskva shahrida faoliyat olib borayotgan Genotek tibbiyot markazi xodimlari COVID-19 infeksiyasini oʻn daqiqada aniqlab beradigan tezkor test yaratishdi.
TASSning yozishicha, muassasa ushbu ishlanmani “Roszdravnadzor“ga roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan.
Kompaniya tomonidan maʼlum qilinishicha, kasallikni aniqlash uchun boshqa testlarga bir nechta reagentlar kerak boʻladi. Genotek yaratgan namunaga esa ikkita reagent kifoya. Shuningdek, ushbu test orqali virusni aniqlash uchun 10 daqiqa yetarli, boshqa testlarda esa bu yarim soat talab qiladigan jarayondir.
Ishlab chiquvchilarning qoʻshimcha qilishicha, yangi test tupurikdan COVID-19 infeksiyasini aniqlashga imkon beradi.
Hozirda kompaniyaga hamkor tashkilotlar oyiga million donagacha testlar ishlab chiqarish yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring