UEFA Chempionlar ligasi formatiga yangi oʻzgarishlar kiritiladi
2027/28-yilgi mavsumdan boshlab, Yevropa Chempionlar ligasi anʼanaviy tartibda emas, balki amaldagi chempion ishtirokidagi ochilish oʻyini bilan start oladi. Bu haqda UEFA bilan hamkorlik qiladigan, 2027–2033-yillarga moʻljallangan media huquqlarini sotib olgan UC3 kompaniyasi maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, yangi formatga binoan ochilish bahsi seshanba kuni oʻtkaziladi, 1-turning qolgan bellashuvlari esa chorshanba va payshanba kunlari boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, hozirgi amaldagi Chempionlar ligasida barcha jamoalarning oʻyinlari bir vaqtda, yaʼni seshanba va chorshanba kunlari parallel ravishda start oladi. Yangi tizim esa turnirga tantanavor ochilish muhitini olib kirish hamda musobaqaning televideniye va raqamli efirlardagi qamrovini yanada oshirishni maqsad qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring