Koʻp kitob oʻqish insonni xavfli kasallikdan himoya qiladi
Illyustrativ foto
Oʻqish miyaga sezilarli taʼsir koʻrsatib, uning funksiyalarini turli yoʻllar bilan kuchaytiradi. Koʻp kitob oʻqishning foydalari haqida eski va zerikarli gaplardan qochib, aynan buning qanday manfaatli tomonlari borligini koʻrib chiqsak.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kitob oʻqish miya yarimsharlari oʻrtasidagi aloqani yaxshilab, umumiy aqliy ishlov berishni kuchaytiradi. Miya yarimsharlarining yaxshi aloqasi muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Roman, qissa yoki hikoya oʻqishingizdan qatʼiy nazar insonning tasavvurida yangi sarguzashtlarni junbushga keltiradi. Bu esa empatiyani rivojlantirishga va boshqalarning nuqtayi nazarini tushunishga yordam beradi. Turli ssenariylarni tasavvur qilish orqali oʻquvchilar empatik va ijtimoiy jihatdan integratsiyalashuvni oson yengib oʻtadilar.
Doimiy oʻqish ham keksalikda kognitiv pasayishni sekinlashtirishi mumkin. Oʻqish orqali miyani faol ushlab turish uning funksionalligini saqlashga yordam beradi. Bu Alsgeymer kabi kasalliklarning boshlanishini kechiktirishi mumkin. Bu esa sogʻlom qarish jarayoniga zamin hozirlaydi.
Bundan tashqari, oʻqish stress darajasini pasaytirishdagi eng samarali mashgʻulot hisoblanadi. Yaxshi kitobni oʻqish yurak urish tezligini meʼyorlashtiradi va mushaklarni boʻshashtirib, tanani jismoniy hordiq oladi.
Oʻqishning yana bir foydasi soʻz boyligini kengaytirishidir. Yangi soʻz va iboralar bilan tanishish til koʻnikmalarini va muloqot qobiliyatini oshiradi. Yaxshi soʻz boyligi shaxsiy va professional oʻzaro munosabatlarni yaxshilashi mumkin. Bu esa insonning koʻproq doʻstlar orttirishiga, konfliktlarni samarali yechishga yordam beradi.
Kitob oʻqish diqqatni jamlashni yaxshilaydi. Uzoq vaqt davomida matn bilan shugʻullanish miyani fikrlarini bir joyga toʻplashni oʻrgatadi. Bu koʻnikma hayotning koʻp sohalarida, jumladan ish va oʻqishda qimmatlidir. Jamlangan fikr va yoʻnaltirilgan istaklar muvaffaqiyatga sabab boʻlishi mumkin.
Va eng ahamiyatlisi shundaki, kitob oʻqish insonga zavq va hayrat kabi tuygʻularni taqdim etadi. Bunday hislar insonga muvaffaqiyatlar uchun gʻayrat bagʻishlaydi. Kitob oʻqish insondagi gʻoyasizlikni yoʻq qilib, uni yangi marralarga chorlay oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring