Koʻksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yolning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida Oʻzbekiston rahbari mehmonni samimiy qutlab, diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 32-yilligi va Oʻzbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarining besh yilligi bilan chin dildan tabriklagan.
Uchrashuv chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, texnologik va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Koreya Respublikasi Oʻzbekistonning yetakchi savdo va investitsiya hamkorlaridan biri ekanligi taʼkidlandi. Oʻtgan yili tovar ayirboshlash 2,5 milliard dollarni tashkil etdi, koreys investitsiyalari hajmi 7,5 milliard dollardan oshdi. Turistlar oqimi ortib bormoqda, Toshkent va Seul oʻrtasida bir haftada 10 ta aviaparvoz amalga oshirilmoqda.
Hamkorlik salohiyatidan yanada samarali foydalanish, yirik yuqori texnologik loyihalarni aniqlash va ilgari surish uchun yangi sheriklik modelini shakllantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Madaniy-gumanitar almashinuv samarali rivojlanayotgani yuqori baholandi. Respublikamizda Koreya yetakchi oliygohlarining 4 ta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Oʻz navbatida, Janubiy Koreyada 11 mingdan ortiq oʻzbekistonlik talabalar taʼlim olmoqda.
Koreya madaniyati uyi, Koʻp tarmoqli bolalar klinikasi, Toshkentdagi Seul bogʻi va Seul koʻchasi doʻstlik va hamkorlikning haqiqiy ramziga aylandi.
Prezidentlar xalqaro tashkilotlar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlashning ahamiyatini taʼkidladilar.
Shuningdek, mintaqaviy, jumladan, «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» formatidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Xavfsizlik va mudofaa sohasida, xususan, kiberjinoyatlar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha yaqin aloqalarni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring