KICCE bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning Bolalarga gʻamxoʻrlik va erta taʼlimni oʻrganish instituti (KICCE) oʻrtasida erta yoshdagi taʼlim tizimini takomillashtirish sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu Memorandumning asosiy maqsadi Koreya Respublikasi mutaxassislari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimining mustahkam ilmiy bazasini yaratish, shuningdek davlat standartlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni birgalikda ishlab chiqishdan iborat.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari ham memorandum doirasida amalga oshiriladi.
Memorandumdan quyidagicha natijalar kutilmoqda:
- qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish va mustahkam qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish;
- oʻquv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish va maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish uchun didaktik materiallar;
- Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun milliy yoʻnaltirilgan oʻquv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring