Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi yangilanadi

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-mart kuni roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yigʻilishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi belgilandi.
Bu nizom aksiyadorlik jamiyatlari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar uchun moʻljallangan boʻlib, raqamli imkoniyatlar orqali ishtirokni yanada osonlashtirishga qaratilgan.
Nizomda jamiyatlar tomonidan yigʻilish haqidagi xabarda masofaviy ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar keltirilishi shartligi belgilangan. Jumladan, yigʻilishda foydalaniladigan onlayn platforma nomi, unga kirish havolasi, identifikatsiyadan oʻtish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar hamda texnik koʻmak koʻrsatuvchi shaxsning toʻliq ismi va telefon raqamlari koʻrsatiladi.
Yangi tartibga koʻra, ishtirokchilar videokonferensaloqa platformalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yigʻilish jarayonida qatnashishlari mumkin boʻladi. Bu esa ularga jisman qatnashmasdan turib, muhokamalarda ishtirok etish va ovoz berish imkonini beradi.
Mazkur Nizom davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari hamda jamiyat aʼzolari oʻrtasidagi axborot almashinuvini zamonaviylashtirish, samaradorlikni oshirish hamda shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, yigʻilishlarda ishtirok etish uchun vaqt va resurslarni tejash imkonini yaratadi.
Taʼkidlanishicha, mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach, yaʼni 2025-yilning iyun oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring