Xorazmdagi ayanchli YTHda skuter haydovchisi halok boʻldi
Videodan kadr
Xorazm viloyati Urganch tumanida “Cobalt” urib yuborgan skuter haydovchisi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 23-sentyabr kuni Urganch tumani hududidan oʻtgan D-218 avtomobil yoʻlining 8-kilometrida sodir boʻlgan. 2005-yilda tugʻilgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida yashovchi haydovchi “Cobalt” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, yoʻlni unga nisbatan oʻng tomondan chap tomonga kesib oʻtayotgan skuter haydovchisini urib yuborgan. Oqibatda skuter haydovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida halok boʻlgan.
IIBga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Urganch tumani Ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlinmasi tomonidan dastlabki tergov va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring