Xorazmda qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullangan guruh qoʻlga tushdi
Xorazm viloyati Urganch tumanida qoʻlbola aroq ishlab chiqarilgan yashirin sex fosh boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, IIB, Bojxona hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.Yu., F.Yu va boshqalar Urganch tumani, “Baxshilar” mahallasi hududidagi xonadonida qoʻlbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyganliklari aniqlangan.
Ushbu yashirin sexdan 1 050 litr spirt, 1 595 dona qoʻlbola alkogolli ichimliklar, 71 500 dona qalbaki “QR kod” markirovka, 45 600 dona himoya lentasi, 17 000 dona turli yorliqlar, 2 500 dona qalbaki aksiz marka va boshqa ishlab chiqarishda foydalanib kelingan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring