Xorazmda kanalizatsiya quvuriga tushgan uch kishi gazdan zaharlanib vafot etdi

20:08 06 Sentyabr 2021 Jamiyat
885 0

Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumanida bir kunda 3 ta jasad chiqqanligi haqidagi video oʻrganildi.

Maʼlum boʻlishicha, 2021-yil 27-avgust kuni soat 17:20 larda viloyat IIBning “102 CALL CENTR” markazi operatori Urganch tumani, Chotkoʻpir qishlogʻi, “Orzu” mahallasida nomaʼlum uch nafar fuqaro kanalizatsiya quvuri ichiga tushib ketib, vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, fuqarolar X.Shukurulloyev, O.Kurbanov va Sh.Kurbanovlar Urganch tumani, Chotkoʻpir qishlogʻi, “Orzu” mahallasi hududidagi koʻp qavatli uylardan chiqqan kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarish uchun moʻljallangan kanalizatsiya kamerasiga tushishganida, kamera ichida toʻplanib qolgan zaharli gazdan zaharlanib, hodisa joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan 27-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ushbu jinoyat ishi viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari ish yurituviga oʻtkazilib, viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер