Xorazmda 11 yoshli bolani devor bosib qoldi

12:10 09 Iyun 2024 Jamiyat
456 0

Foto: Videodan kadr

Xorazm viloyatining Xiva shahrida 11 yoshli bolani devor bosib qoldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga koʻra, voqea joriy yilning 29-may kuni Xiva shahar Gulshan-2 mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Ш.К. (2013-yil, oʻgʻil bola) bilan sodir boʻlgan. U М.М. ga tegishli boʻlgan, qurilishi tugallanmagan bino tagida oʻynab yurgan vaqti mazkur binoning bir tomon devori bolani ustiga yiqilib ketgan.

Bolalar ombudsmanining bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda Ш.К. tos suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat boʻyicha oʻz kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qoʻshimcha axborot beriladi”, deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?