Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

15:09 10 Dekabr 2025 Dunyo
848 0

Foto: AP

Avstraliya 16 yoshga toʻlmagan oʻsmirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun darajasida taʼqiqladi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Yangi qoidalarga koʻra, platformalar maʼmuriyati avstraliyalik oʻsmirlarning barcha akkauntlarini oʻchirib tashlashi, shuningdek ular yangi akkaunt ochmasligini nazorat qilishi shart. Ushbu talablarni bajarmaslik 33 million dollargacha jarima bilan jazolanishi mumkin.

Cheklovlar dunyodagi eng yirik 10 ta platforma, jumladan, Twitch, TikTok va Youtube'ga taʼsir qiladi. Kelajakda ushbu roʻyxat qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Avstraliya bunday cheklovlarni joriy etgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?