Xorazm va Namanganda oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar qilishicha, Xorazm va Namangan viloyatlarida oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlangan.
Qayd etilishicha, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro O.U. fuqaro A.N.ni tanishlari yordamida Namangan muhandislik-qurilish institutining “Informatika” yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xorazm viloyati Yangibozor tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro I.M. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 3 000 AQSH dollari evaziga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida IIV akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, oldindan 1 400 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring