Xivada “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi oʻtkaziladi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi mutasaddilari maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi joriy yilning 14-15-sentyabr kunlari Xiva shahrida oʻtkaziladi.
Forum doirasida bir qator tadbirlarning ham oʻtkazilishi belgilangan, xususan, Xiva shahrida TURKSOY tashkilotiga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlarining navbatdagi majlisini oʻtkazish koʻzda tutilgan. Festivalda ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar YUNESKO va Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) kabi xalqaro tashkilotlardan ijrochilar, konferensiya ishtirokchilari, hakamlar hayʼati aʼzolari, Xalqaro tashkilotlardan faxriy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Toshkent shahrida Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha butunjahon jamiyatining V xalqaro kongressi, Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda Madaniy meros masalalari boʻyicha xalqaro xalqaro maslahat qoʻmitasi kengashining yigʻilishi, Nukus shahrida “Arxeologiya va turizm; salohiyatni belgilash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologiya konferensiyasi hamda II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring