Xitoy Rossiya hududida dron ishlab chiqarishni taklif qildi
Arxiv foto
Xitoylik tadbirkorlar Rossiyaning Saxalin viloyatida bir nechta yirik markazlarni, jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni taklif qilishdi.
Muhokama Rossiya — Xitoy forumi doirasida viloyat gubernatori Valeriy Limarenko ishtirokida boʻlib oʻtdi.
“Kompaniyalar qishloq xoʻjaligi, savdo, uchuvchisiz texnologiyalar va boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirishdi”, — deyiladi manbada.
Saxalinda dron ishlab chiqarishni tashkil etish taklifi “RUNFA” investitsiya guruhi tomonidan berilgan. Limarenko buni hudud uchun istiqbolli deb atadi. Uning taʼkidlashicha, dronlar mintaqada turli maqsadlarda — poligonlarni kuzatish, oʻrmon yongʻinlari va ular bedarak yoʻqolganlarni qidirishda ham qoʻllaniladi. Shuningdek, Saxalinda ulgurji tarqatish markazi, meva-sabzavot va rezavor mevalar yetishtirish uchun issiqxona majmuasi, “Ipak yoʻli” savdo-koʻngilochar ham majmuasini qurish taklif etildi.
Avvalroq, Ukraina Xitoyni Rossiyaga dronlar ishlab chiqarishda yordam berishda ayblagandi. Ukraina tashqi razvedka xizmati matbuot kotibi Oleg Aleksandrovning soʻzlariga koʻra, Xitoy ishlab chiqaruvchilari Rossiyani uskunalar, elektronika, navigatsiya, optik va telemetriya tizimlari, dvigatellar, mikrosxemalar, protsessor modullari, boshqaruv platalari kabilar bilan taʼminlagan.
“Xitoy kompaniyalari nomlarini oʻzgartiradilar, eksport nazoratidan va sanksiyalardan qochish uchun hamma narsani qiladilar. Shu bilan birga, Pekin rasmiy ravishda barcha qoidalarga amal qiladi, lekin faqat rasman”, — deydi Aleksandrov.
Shu yilning 29-may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy Ukrainaga frontda mashhur boʻlgan “Mavic” dronlarini sotishni toʻxtatganini, lekin ularni Rossiyaga yetkazib berishda davom etayotganini aytgandi.
Oʻz navbatida, Xitoy Rossiyaga dronlar yoki ularning tarkibiy qismlarini harbiy maqsadlarda yetkazib berish haqidagi ayblovlarni muntazam rad etib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring