Xitoy armiyasi Tayvan atrofida harbiy mashgʻulotlar olib bormoqda
Foto: AP
Xitoy Xalq Ozodlik armiyasi 23-may kuni Tayvan atrofida boshlagan quruqlik, dengiz va havo mashqlarini davom ettirmoqda.
«Ikki kunlik mashgʻulotlarda hokimiyatni birgalikda egallab olish, zarbalar berish va muhim hududlarni nazorat qilish qobiliyati sinovdan oʻtkazilmoqda», — deyiladi Xitoy Xalq Ozodlik armiyasi xabarida.
Tayvan boʻgʻozi hamda orolning shimoli, janubi va sharqida, shuningdek, Taypey boshqaruvidagi Szinmen, Maszu, Usyu va Dunʼin orollari hududlaridagi mashgʻulotlar Tayvanning yangi prezidenti Lay Sindening inauguratsiya nutqidan bir necha kun oʻtib boshlandi.
Lay Sinde oʻz nutqida Tayvan suveren va mustaqil davlatligi, shuningdek, suverenitet xalqning qoʻlida ekanligini taʼkidlagan. Prezident oʻz erkinliklariga yon bermasligi va Pekinni Tayvanga qarshi tajovuzkorlikni toʻxtatishga chaqirgan.
Oʻz navbatida, Tayvan ham armiyasini safarbar qilib, mashgʻulotlar olib bormoqda. Mamlakat 24-may kuni raketa va havoda patrullik qilayotgan F-16 samolyotlarini namoyish qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring