Xalq taʼlimi vaziri oʻquvchilarning sochini chizgʻich bilan oʻlchash voqeasiga munosabat bildirdi

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ijtimoiy tarmoqlarda maktabda oʻquvchilarning soch uzunligi oʻlchanayotganiga oid fotosuratlar eʼlon qilinganiga munosabat bildirdi.
"Qosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarish…
Afsuski, shu ikkita maqolning maʼnosi bugungi ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni sochini chizgʻichda oʻlchashga bogʻliq holatni yaxshi tasvirlasa kerak, - dedi u jumladan. - Hech qaysi topshiriqda bolalarni sochini chizgʻichda oʻlchab, rasmga olib, telegramda tarqatish kerak deb yozilmagan. Kimdir qayerdadir juda qattiq ishlayotganini koʻrsatish uchun shunday qilgandir, shekilli…
Qani endi, taʼlim sifatini yaxshilash va oʻz malakasini oshirish boʻyicha qarorlarni shunchalik jon kuydirib ijro etishsa joylarda…"
Bundan oldin vazirlik ham ushbu voqeaga munosabat bildirgandi:
"Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda oʻquvchilarning soch uzunligi oʻlchanayotganiga oid fotosuratlar eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston Xalq taʼlim vazirligi oʻquvchilarning sochini oʻlchash yoki ularning tashqi koʻrinishini tekshirish boʻyicha hududiy xalq taʼlimi boshqarmalariga hech qanday topshiriq bermaganligini maʼlum qilamiz.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan boʻlib, mazkur Nizomda oʻquvchining tashqi koʻrinishiga boʻlgan talablar keltirib oʻtilgan. Barcha ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻquv yilining boshida ushbu talablar bilan tanishtirilgan holda, oʻquv yili davomida oʻz farzandining Nizom talablariga mos ravishda umumtaʼlim maktablariga kelishini taʼminlashga masʼul hisoblanadilar".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring