Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutiga direktor tayinlandi

17:15 21 Yanvar 2026 Jamiyat
499 0

Kazakova Saxiba Abdurayimovna Kasbiy taʼlim agentligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Saxiba Kazakova Navoiy davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyatini Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.

Kazakova faoliyati davomida umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi, Navoiy shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimida metodist, Respublika taʼlim markazida boʻlim boshligʻi, Osiyo taraqqiyot bankining STEM taʼlimi boʻyicha milliy konsultanti, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, shuningdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boʻlim boshligʻi kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar u Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat boʻyicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?