Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya va kafillik beriladi
“Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–214-son, 21.04.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan kasanachilikni fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etiladi.
2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha:
— kasanachilarga daromad soligʻi kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda koʻpi bilan 1 million soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
— kasanachilar ijtimoiy soliq toʻlovini oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
— olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kasanachilar soni kamida 10 nafar boʻlgan tadbirkorlarga kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik beriladi.
2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi, biroq BHMning 10 baravarigacha (2 mln 700 ming soʻmgacha) miqdorida subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tarkibida mavsumiy va kasanachilik ishlari portali ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring