Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar “Alisher Navoiy” va “Amir Temur” koʻchalari kesishmasida “Nexia-3” va “Lacetti” rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Chorrahada oʻrnatilgan kameralar tasvirlarida mazkur avtohalokatning kelib chiqishiga “Lacetti” avtomobili haydovchisining svetoforning qizil ishorasiga boʻysunmasdan harakatlangani sabab boʻlganini koʻrish mumkin.
Voqea joyiga zudlik bilan yoʻl-patrul xizmati xodimi safdor Dehqonov yetib borgan hamda belgilangan tartibga koʻra, haydovchilarni mastlik tekshiruvidan oʻtkizish uchun narkologik dispanserga olib borgan. Biroq ogʻzidan spirtli ichimlik hidi kelib turgan “Lacetti” avtomobili haydovchisi tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortadi.
Shundan soʻng safdor Dehqonov haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 136-moddasi asosida maʼmuriy bayonnoma tuzish uchun haydovchini oʻsha yerda boʻlgan boshqa bir “Nexia-2” avtomashinasi yordamida YTH sodir boʻlgan joyga olib borayotgan vaqtda “haqiqiy tomosha” boshlangan.
Toʻsatdan “Lacetti” avtomobili haydovchisining tanishlari paydo boʻlib, haydovchini jazodan qutqarib qolish maqsadida “Nexia-2” avtomobilining oynalarini sindirib, yoʻl patrul xizmati xodimiga turli darajada, hatto qoʻllarini tishlab, uning hayotiga jiddiy xavf solgan.
Shundan soʻng, “Nexia-2” haydovchisi ommaviy zoʻravonlikdan qutilish hamda shaxsiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida avtomashinani harakatlantiradi. Ushbu YTH sababchisi “Lacetti” avtomashinasining egasi boʻlgan ayol esa harakatdagi “Nexia”ni toʻxtatib qolish hamda aybdor haydovchiga jazo qoʻllanilishiga qarshi chiqib, mashinaning old kapotiga osilib oladi.
“Hozirda holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring