Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamgʻarmasi tashkil etiladi
“Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–398-son, 30.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Qarorga koʻra, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va taʼmirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
- umumtaʼlim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
- taʼlim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, oʻquv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash;
- boshqa ijtimoiy yoʻnalishlardagi qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring