Ijtimoiy xodimlarning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi
Illyustrativ foto
Bugun, 17-dekabr kuni qabul qilingan Qonun [OʻRQ–1102-son] bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi mavjud boʻlmagan holda ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish:
BHMning 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boshqarmalari, “Inson” markazlari, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish, ularning qonunchilikda belgilangan talablarini bajarmaslik:
• fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab boʻlishi koʻzda tutildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarni taʼminlamaslik
• mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi nazarda tutildi.
Shuningdek, Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida BHMning 100 baravarigacha toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan pul mablagʻlari tarzidagi homiylik xayriyalariga daromad soligʻi solinmaydi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Bundan tashqari, ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatish uchun mazkur Agentlikka maʼlumotlarga ishlov berish vakolati berilishi nazarda tutildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring